Bo‘ka tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-07-09 14:30:00 / Yangiliklar

Unda tuman hokimi S.Isakulov, tuman IIB boshlig‘i A.G‘ulomov, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari A.Jo'rayev, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari hamda faol yoshlar ishtirok etdi.
Muloqot davomida yoshlar tomonidan ta’lim, bandlik, tadbirkorlikni rivojlantirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha qator taklif hamda murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat mutasaddi rahbarlar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqildi. Ayrim masalalar joyida ijobiy hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar yuzasidan esa mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Ochiq muloqot yoshlarning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni qiynayotgan masalalarga amaliy yechim topish hamda davlat organlari bilan samarali hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.






