“Payshanba — Yoshlar kuni” doirasida yangi o‘quv markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi
2026-07-09 18:30:00 / Yangiliklar
“Payshanba — Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida Bo‘ka tumani Madaniyat mahallasida Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasining “Ko‘mak” loyihasi asosida tashkil etilgan "Teacher Suhrob" o‘quv markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimi S.Isakulov, nuroniylar, mahalla faollari hamda yoshlar ishtirok etdi.
Mazkur o‘quv markazi tashabbuskor tomonidan davlatimiz tomonidan yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanilgan holda, “Ko‘mak” loyihasi doirasida ajratilgan ssuda mablag‘lari evaziga tashkil etildi.
Zamonaviy sharoitlarga ega ushbu ta’lim maskani yoshlarning sifatli bilim olishi, kasbiy salohiyatini rivojlantirishi hamda kelgusidagi yutuqlari uchun mustahkam zamin yaratishga xizmat qiladi.
Bo‘ka tumanida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish va zamonaviy ta’lim muhitini kengaytirishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda.




