Bo‘kada Yoshlar kuni keng nishonlandi
2026-06-25 21:25:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Tadbirda Bo‘ka tumani hokimi Sardor Isakulov so‘zga chiqib, tumanimiz yoshlarini bayram bilan samimiy muborakbod etdi. O‘z tabrigida yoshlarning mamlakatimiz taraqqiyotidagi o‘rni, ularning ilm-fan, sport, madaniyat, tadbirkorlik va boshqa sohalarda erishayotgan yutuqlari yuksak e’tirof etilib, kelgusidagi faoliyatlariga ulkan zafarlar tilandi.
Shundan so‘ng tuman hokimi S. Isakulov, tuman prokurori Sh. Zunnurboyev hamda tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i A. G‘ulomov bilan birgalikda turli sohalarda yuqori natijalarga erishgan, tumanimiz obro‘sini munosib himoya qilib kelayotgan faol va iqtidorli yoshlarni taqdirladi.
Taqdirlash marosimida yoshlarga diplomlar hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Bayram tadbiri davomida madaniy-ma’rifiy chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar va badiiy dasturlar namoyish etilib, yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.








