Bo'ka tumanida g'oza agrotexnikasi mavzusida seminar o'tkazildi.
2026-06-15 10:50:00 / Yangiliklar

Bo'ka tumanida 2026-yil hosili uchun ekilgan paxta maydonlarida agrotexnik ishlov berish, go’zaning Xitoy navini parvarishlash bo'yicha o'tkazilgan seminarda tuman hokimi S.Isakulov, Toshkent viloyati Fermerlar Kengashi raisi Sh.Do'stbekov, viloyat qishloq xo'jaligi boshqarmasi boshlig'i R.Norbo'tayev, qishloq xo'jaligi korxonalari rahbarlari, Xitoylik mutaxassislar, hudud raislari va fermer xo'jaliklari rahbarlari ishtirok etishdi.
Seminarda mas'ullar tomonidan agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishda e'tibor qaratilishi lozim bo'lgan jihatlar, g’o’za agrotexnikasini amalga oshirishda bajarilishi lozim bo’lgan ishlar, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish kabi muhim yo'nalishlar bo'yicha zarur tavsiyalar berildi.
Seminar yakunida fermer xo'jaliklari rahbarlari o'zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislaridan tegishli javoblarni olishdi.






