Bo‘ka tumanida paxta parvarishi bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildi
2026-05-31 22:00:00 / Yangiliklar

Mazkur seminarda Toshkent viloyati Fermerlar Kengashi raisi Sh.Do‘stbekov, Bo‘ka tumani hokimining o‘rinbosari A.Murodov, qishloq xo‘jaligi korxonalari vakillari, hudud raislari hamda ilg’or fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.
Seminar davomida paxta parvarishida agrotexnik tadbirlarning ahamiyati, shinjon usulining afzalliklari, mineral o‘g‘itlardan samarali foydalanish, sug‘orish ishlarini to‘g‘ri tashkil etish hamda zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashish bo‘yicha mutaxassislarning tavsiyalari berildi.
Shuningdek, hosildorlikni oshirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish va zamonaviy agrotexnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida fermerlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.









