Mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
2026-05-15 13:30:00 / Yangiliklar

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi "Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-1-sonli qarori ijrosini ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Yig'ilish davomida mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ijtimoiy profilaktika tadbirlarini samarali tashkil etish, yoshlar va xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, muammoli oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda “mahalla yettiligi” faoliyati samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, ayrim hududlarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va sustkashliklar yuzasidan mas’ullarning hisobotlari eshitilib, mavjud muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, ijro intizomini mustahkamlash hamda har bir mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Yig‘ilish yakunida mutasaddi rahbarlar, sektorlar hamda tegishli tashkilotlarga qaror ijrosini so‘zsiz ta’minlash, aholi murojaatlari bilan tizimli ishlash va profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.






