Bo’ka: Samaradorlik sari yangi va innovatsion yondashuvlar
2026-04-11 14:50:00 / Yangiliklar

Jami 60,4 gektar maydonni egallagan xo‘jalikning 26 gektariga plyonka ostiga shinjon usulida urug‘lik chigit ekilgan. Shuningdek, 3 gektardan qizil va yashil plyonka, qolgan qismida esa an’anaviy oq plyonkadan foydalanilgan.
Daladagi jarayonlarni ko‘zdan kechirgan vazir agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, sug‘orish ishlarini samarali tashkil etish, mineral o‘g‘itlardan oqilona foydalanish hamda zararkunandalarga qarshi kurash choralarini kuchaytirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berdi.
Shuningdek, vazir yondosh hududda joylashgan “Tursunboy Nafosati” fermer xo‘jaligining 34 gektarlik paxta maydonini ham ko‘zdan kechirdi. Mazkur maydonda g‘o‘za nihollari unib chiqqani qayd etildi.
Tashrif davomida dala chetlaridan samarali foydalanish, himoya maydonlarini tashkil etish, agrotexnik tadbirlarni ilmiy yondashuv asosida olib borish hamda hosildorlikni oshirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
Ta’kidlanganidek, zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etish va yer resurslaridan unumli foydalanish qishloq xo‘jaligida yuqori natijalarga erishishning muhim omili hisoblanadi.








