Xalq dardi tinglandi, masalalar nazoratga olindi
2026-04-10 14:45:00 / Yangiliklar

Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan uchrashuvda Adliya bo'limi boshlig'i Q.Jo'rayev, tegishli korxona va tashkilotlar mas’ullari hamda mahalla aholisi faol ishtirok etdi.
Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy, bandlik, kommunal xizmatlar, infratuzilma va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan 12 ta murojaat bildirildi. Shundan ayrimlariga joyida tushuntirish berildi, qolgan murojaatlar esa belgilangan tartibda tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Mazkur ochiq muloqot fuqarolar bilan davlat organlari o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni mustahkamlash, muammolarga tezkor va manzilli yechimlar topishga xizmat qilgani bilan ahamiyatlidir.






