Bo‘kada agrar masalalar diqqat markazida
2026-04-04 13:25:00 / Yangiliklar

Yig‘ilishda viloyat va tuman darajasidagi mas’ullar, jumladan viloyat hokimining tegishli o‘rinbosarlari, tuman hokimi S.Isakulov, tuman prokurori J.Abduraimov, IIB boshlig‘i A.G‘ulomov, qishloq xo‘jaligi korxonalarining viloyat boshqarmalari va tuman bo‘limlari rahbarlari, shuningdek, klasterlar hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.
Yig'ilish davomida agrar sohada olib borilayotgan ishlar keng ko‘lamda tahlil qilinib, mavjud muammolar ochiq va tanqidiy ruhda muhokama qilindi.
Xususan, quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
🔸 2026-yil paxta hosili uchun chigit ekish jarayonlari, jumladan “Shinjon” usuli asosida ekish;
🔸 g‘alla ekinlarini parvarishlash ishlari;
🔸 pilla boqish mavsumiga tayyorgarlik;
🔸 asosiy maydonlarga kartoshka ekish;
🔸 “Yashil makon” loyihasi doirasida dala chetlarida ko‘chat ekish ishlari.
Muhokamalar yakunida har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olinib, mas’ullarga ularning ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.









