Bo’ka tumanida “Ommaviy diktant” tadbiri bo‘lib o‘tdi
2026-02-26 17:25:00 / Yangiliklar

Toshkent viloyati hokimligi yigʻilishi bayoniga muvofiq tashkil etilgan ushbu tadbir Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi bilan hamkorlikda muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
“Ommaviy diktant” jarayonida davlat xizmatchilari orasida yozma savodxonlik madaniyatini targ‘ib qilish, davlat tiliga bo‘lgan hurmat va qiziqishni yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir davomida o‘zbek tilining rasmiy ish yuritish hujjatlari tili sifatidagi o‘rnini mustahkamlash, uning ijtimoiy mavqeyini oshirish hamda imlo me’yorlariga qat’iy rioya etish muhim ekani ta’kidlandi.
Ishtirokchilar diktant yozish orqali o‘zlarining imlo savodxonligi va davlat tilida ish yuritish bo‘yicha ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish imkoniga ega bo‘ldilar.
Eng muhimi, davlat xizmatchilarining savodxonligini oshirish orqali hujjatlarning xatosiz yuritilishi, davlat tili qoida va me’yorlariga to‘liq amal qilinishini ta’minlash asosiy maqsad ekani yana bir bor qayd etildi.









