Yoshlar bilan ochiq muloqot – muammolar yechimiga amaliy qadam
2026-02-26 14:50:00 / Yangiliklar
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 24-fevral kuni o‘tkazilgan yoshlar bilan videoselektor yig‘ilishida hududlarda yoshlar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi. Xususan, haftaning har payshanba kuni rahbarlar yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning muammo va murojaatlarini bevosita eshitishi zarurligi alohida ta’kidlandi.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Bo‘ka tumani hokimi S.Isakulov tomonidan 43-son Manzil koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan yoshlar bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv tashkil etildi.
Muloqot davomida jazo muddatini o‘tayotgan yoshlar o‘z taklif va tashabbuslarini bildirdi, yo‘l qo‘yilgan xatolardan tegishli xulosa chiqarganliklarini, kelgusida jamiyatda munosib o‘rin egallash, halol mehnat qilish va oilasiga tayanch bo‘lish niyatida ekanliklarini ta’kidladi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, bunday ochiq muloqotlar tumanda har haftaning payshanba kuni muntazam ravishda davom ettiriladi.









