2026-yilgi agrar mavsum: reja va vazifalar muhokama markazida
2026-02-21 14:50:00 / Yangiliklar

Yig‘ilish kun tartibida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
🔸 2026-yilda sholichilik xo‘jaliklarining qarzdorliklarini so‘ndirish hamda elektr energiya sarfi uchun quyosh panellarini o‘rnatish masalalari.
🔸 2026-yil hosili uchun chigit ekish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish, “Shinjon” usuliga talab etiladigan resurslar zaxirasini shakllantirish va suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish.
🔸 2026-yil g‘alla hosili uchun boshoqli don ekinlarini parvarishlash, bahorgi 1-oziqlantirish ishlarini yakunlash hamda 2-oziqlantirishga tayyorgarlik ko‘rish.
Yig'ilish davomida sohada mavjud muammolar ochiq muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. 2026-yilgi qishloq xo‘jaligi mavsumini puxta tashkil etish, hosildorlikni oshirish va fermerlar manfaatlarini himoya qilish ustuvor vazifa etib belgilandi.









