Dashtobodda sayyor qabul: murojaatlar amaliy yechim topmoqda
2026-02-20 13:50:00 / Yangiliklar

Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan turli masalalar ko‘tarildi. Asosan ijtimoiy himoya, bandlik, moddiy yordam, kommunal xizmatlar, kredit ajratish hamda infratuzilma bilan bog‘liq 11 ta murojaat kelib tushdi.
Murojaatlarning bir qismi joyida ijobiy hal etildi. Ayrim masalalar bo‘yicha huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar tegishli tashkilotlarga biriktirilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Sayyor qabul davomida ayrim muammolar hududning o‘zida o‘rganilib, mas’ullar ishtirokida amaliy choralar belgilandi. Bu yondashuv fuqarolarni o‘ylantirayotgan masalalarni tezkor va aniq hal etishga xizmat qilmoqda.
Uchrashuv yakunida bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi daromadini oshirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish zarurligi ta’kidlandi. Fuqarolar bilan ochiq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot esa muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va samarali hal etishning muhim omili ekani qayd etildi.









