Bo‘kada tadbirkorlar bilan ochiq suhbat: muammolar va imkoniyatlar muhokama qilindi
2026-02-19 14:30:00 / Yangiliklar

Yig‘ilishda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsion jozibadorlikni oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosiga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqot jarayonida hududda biznes muhitini yanada yaxshilash, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, eksport salohiyatini oshirish, kredit ajratish va infratuzilma bilan bog‘liq masalalarni yengillashtirish yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tegishli mas’ullarga biriktirilib, ularni hal etish mexanizmlari va aniq muddatlari belgilandi.
Uchrashuv ochiq ruhda, konstruktiv muloqot asosida o‘tdi. Ta’kidlanganidek, tadbirkorlar bilan doimiy aloqada bo‘lish, joylarda sayyor qabullar tashkil etish hamda yuzaga kelayotgan muammolarni tezkor hal etish hudud iqtisodiy taraqqiyotining muhim omili bo‘lib qoladi.
Bo‘ka tumanida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiy o‘sishni ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.









