Tadbirkorlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazildi
2026-02-16 14:55:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish yoʻnalishlarida belgilab berilgan ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Tadbirda Prezident Administratsiyasi mas'ul vakili A.Azizov, respublika ishchi guruhi vakili N.Qayumov, Bo'ka tumani hokimi S.Isakulov, tegishli korxona-tashkilotlar va banklar mas’ullari hamda tadbirkorlar ishtirok etdi.
Muloqot davomida hududda biznes muhitini yanada yaxshilash, investitsiyalarni faol jalb etish, yangi ish o‘rinlari yaratish, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish hamda eksport salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, kredit ajratish jarayonlarini soddalashtirish, yer va infratuzilma masalalarida amaliy ko‘mak ko‘rsatish, tadbirkorlik subyektlari duch kelayotgan muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Tadbirkorlar tomonidan yo‘llangan murojaatlar tegishliligi bo‘yicha mas’ullarga yo‘naltirilib, har bir masala alohida nazoratga olindi. Ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan aniq muddat va mas’ullar belgilandi.
Uchrashuv yakunida tadbirkorlar bilan ochiq va konstruktiv muloqotlarni tizimli ravishda davom ettirish, joylarda sayyor qabullar tashkil etish hamda biznes vakillari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi.
Bo‘ka tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va hudud iqtisodiyotini yuksaltirish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.









