2026-yil mavsumiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
2026-02-14 11:30:00 / Yangiliklar

Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq, 2026 yil pilla hosili uchun ipak qurti boqish mavsumiga tayyorgarlik masalalari atroflicha muhokama qilindi. Hududlarda pilla yetishtirishni samarali tashkil etish, fermer xo‘jaliklarini sifatli urug‘ va zarur resurslar bilan ta’minlash, mavsumni uyushqoqlik bilan o‘tkazish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, sho‘rlangan yer maydonlariga ega xo‘jaliklarning elektr energiyasi sarfini maqbullashtirish, fermerlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Tadbir davomida sohada mavjud muammolar ochiq muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. 2026-yilgi qishloq xo‘jaligi mavsumini puxta tashkil etish, hosildorlikni oshirish va fermerlar manfaatlarini himoya qilish ustuvor vazifa etib belgilandi.









