Sayyor qabul: aholi dardi tinglandi, masalalar nazoratga olindi
2026-02-12 15:30:00 / Yangiliklar

Muloqot davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy himoya, ish bilan ta’minlash, moddiy yordam, kommunal xizmatlar sifati, bank-kredit masalalari va boshqa dolzarb yo‘nalishlarga oid 22 ta murojaat bildirildi. Ularning bir qismi joyida hal etilib, zarur huquqiy tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar yuklatildi hamda ijro muddatlari belgilandi.
Ayrim murojaatlar bevosita hududning o‘zida ko‘rib chiqildi. Bu esa masalalarni ortga surmasdan, amaliy yechim topish imkonini berdi.
Uchrashuvda tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholining daromadini oshirish bugungi kunning ustuvor vazifasi ekani alohida ta’kidlandi. Fuqarolarga mavjud imtiyoz va imkoniyatlardan samarali foydalanish, o‘z tashabbuslari bilan chiqish tavsiya etildi.






