Maktabgacha ta’limga e’tibor: “Achamayli”da yangilangan bolalar bog‘chasi foydalanishga topshirildi
2026-02-10 14:35:00 / Yangiliklar

Bugun mazkur 225 o'rinli ta’lim maskanining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Bo‘ka tumani hokimi S.Isakulov, Respublika ishchi guruhi vakili N.Qayumov, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi vakili Q.Oqilov, tegishli soha mas’ullari, muassasa jamoasi hamda ota-onalar ishtirok etdi.
Tadbir davomida tuman hokimi S.Isakulov so‘zga chiqib, maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalar uchun yaratilayotgan zamonaviy shart-sharoitlar hamda ta’lim-tarbiya sifatini oshirish davlat siyosatining muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi. Shuningdek, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalashga xizmat qilayotganini qayd etildi.
Ta'kidlash joizki, amalga oshirilgan ishlar davomida muassasa ta'mirlanib, o‘quv xonalari, o‘yin va dam olish joylari, oshxonalar zamonaviy jihozlar bilan ta’minlandi. Bundan tashqari, bolalar xavfsizligi va qulayligi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratildi.
Mazkur ishlar maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish, sifat ko‘rsatkichlarini oshirish hamda ota-onalar uchun yanada qulay va zamonaviy muhit yaratishga xizmat qiladi.









