Fuqarolar murojaatlari markazda: “Parkent” mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
2026-02-10 14:25:00 / Yangiliklar

Ochiq muloqot ruhida tashkil etilgan uchrashuvda tuman hokimining o‘rinbosarlari, “Parkent” mahallasi "yettiligi", tegishli korxona va tashkilotlar rahbar hamda mutaxassislari, shuningdek, mahalla aholisi faol ishtirok etdi.
Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy himoya, bandlik masalalari, kommunal xizmatlar sifati, bank-kredit munosabatlari hamda boshqa dolzarb yo‘nalishlarga oid 16 ta murojaat bildirildi.
Murojaatlarning bir qismiga joyida huquqiy tushuntirish va amaliy yechimlar taqdim etildi. Qolgan murojaatlar esa belgilangan tartibda tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, murojaatlarning ayrimlari tuman hokimi boshchiligida bevosita joyiga chiqib o‘rganilildi, har bir masala bo‘yicha aniq vazifalar va ijro muddatlari belgilandi.
Uchrashuv davomida fuqarolarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish lozimligi, bugungi kunda hukumatimiz tomonidan tadbirkorlik subyektlari uchun keng sharoitlar, moliyaviy va soliq imtiyozlari, kredit va subsidiyalar ajratilayotgani alohida ta’kidlandi. Aholini o‘z tashabbuslari bilan chiqib, daromad manbalarini yaratishga chaqirish, tadbirkorlikni rivojlantirish orqali bandlikni ta’minlash muhim vazifa ekani qayd etildi.
Tadbir davomida aholi bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi hamda aholi uchun qulay narxlarda arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi. Mazkur yarmarkalar fuqarolar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olinib, aholining bandligini oshirish, kundalik ehtiyojlarini ta’minlash hamda ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.









