Sessiya ishida 2025-yil yakunlari sarhisob qilindi
2026-02-05 10:50:00 / Yangiliklar

Sessiya kun tartibiga muhim va dolzarb masalalar kiritildi. Jumladan:
- Bo‘ka tumani prokuraturasi tomonidan 2025-yilda tumanda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi Xalq qabulxonasining 2025-yil davomida aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash holati;
- Bo‘ka tumani Adliya bo‘limi tomonidan norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha 2025-yil davomida olib borilgan ishlar;
- Bo‘ka tumani IIB boshlig‘ining 2025-yil davomida huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika ishlari holati;
- Bo‘ka tumani Yoshlar ishlari bo‘limining 2025-yilda amalga oshirgan ishlar;
- Xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashi va uning doimiy komissiyalarining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejalarini tasdiqlash masalasi.
Sessiyada kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullar axborotlari tinglanib, muhokamalar o‘tkazildi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.









