Bo‘ka tumani hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
2026-01-28 17:25:00 / Yangiliklar

Kun tartibidagi asosiy masala — tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i lavozimiga yangi rahbar tayinlash masalasi bo‘ldi.
Yig‘ilish davomida mazkur lavozimga “Nazokatxon Baraka” fermer xo‘jaligi rahbari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Murodov Abror Adilbakiyevich tayinlangani e’lon qilindi.
Tuman hokimi S.Isakulov hamda tuman prokurori B.Yuldashev yangi rahbarni samimiy tabriklab, mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar, qishloq xo‘jaligida samaradorlikni oshirish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish hamda fermer va dehqon xo‘jaliklarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yo‘lida ulkan zafarlar tiladilar.
Shuningdek, yig‘ilishda qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan islohotlar, intizom va mas’uliyatni kuchaytirish, ishlar sifati va samaradorligini oshirish, hosildorlikni ko‘paytirish, suv ta’minoti hamda agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida bajarilishi masalalari muhokama qilindi.









