Kelgusi hosil poydevori bugundan: “Fermerlar kuni” yig‘ilishi o'tkazildi
2026-01-17 15:10:00 / Yangiliklar

Yig‘ilishda 2026-yil qishloq xo‘jaligi mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari, xususan, boshoqli don va paxta ekinlarini parvarishlash, chigit ekish ishlarini o‘z vaqtida va zamonaviy agrotexnologiyalar asosida tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, bahorgi dala ishlarida foydalaniladigan qishloq xo‘jaligi texnikalarini ta’mirlash, yangilash va ularni ishga shay holatga keltirish hamda bugungi kunning dolzarb masalalaridan bo'lgan aholi hamda qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlarida faol ishtirok etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, sug‘orish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalarining ichki sug‘orish tarmoqlarini yaxshilash, yangi qishloq xo‘jaligi texnikalarini xarid qilish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.
Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli topshiriqlar berilib, ijro intizomini kuchaytirish hamda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berildi.









