Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabat – ustuvor vazifa
2025-11-14 10:30:00 / Yangiliklar
Bo‘ka tumani hokimligida korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat xizmatchilarida halollik va mas’uliyat tamoyillarini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida korrupsiyaning kelib chiqish sabablari, uni keltirib chiqaruvchi omillar hamda ularning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi. Davlat xizmatchilarining faoliyatida qonun ustuvorligini ta’minlash, xizmat vakolatlaridan shaxsiy manfaatlar yo‘lida foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.




