Bugun Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktabda “Prezident sovg‘asi”ni topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Bugun Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktabda “Prezident sovg‘asi”ni topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Mazkur bayram tadbirida alohida e’tibor va g‘amxo‘rlikka muhtoj bo‘lgan bolajonlar, shuningdek, yurt tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan harbiy xizmatchilarimizning farzandlari ishtirok etdi. Tadbir doirasida namoyish etilgan rang-barang sahnaviy chiqishlar, ertak qahramonlari ishtirokidagi tomoshalar hamda quvnoq kuy-qo‘shiqlar bolajonlarga chinakam bayramona kayfiyat ulashdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan tuman hokimi Sardor Isakulov bolajonlarni Yangi yil bayrami bilan samimiy tabriklab, ularga yorug‘ kelajak, mustahkam sog‘lik va ulkan yutuqlar tiladi. Bayram doirasida tadbir ishtirokchilari bo‘lgan bolajonlarga “Prezident sovg‘asi” tantanali ravishda topshirildi. Bu e’tibor va g‘amxo‘rlik bolalar uchun unutilmas va quvonchli lahzalarga aylandi.
Tadbir yakunida sport yo‘nalishida yutuqlarga erishib, tumanimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan yoshlar ham e’tibordan chetda qolmadi. Ularga tuman hokimining tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari topshirildi.