🔔 E’LON❗️Bag‘dod tumani aholisi diqqatiga!
2026-07-01 10:35:00 / E'lonlar
Ma’lumki, Bag‘dod tumanidagi 56 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida yillar davomida foydalanilmay kelayotgan binolar mavjud. Ularning aksariyati qarovsiz holga kelib qolgan bo‘lsa, ayrimlari hujjatlashtirilmagan namozxona maqomida, mahalla choyxonasi, omborxona, hatto aholining vaqtincha chorva boqadigan joyi sifatida foydalanib kelinmoqda.
Bag‘dod tumani hokimi Maqsadjon Isaqov tashabbusi bilan aholini ish bilan ta’minlash, tadbirkorlarni o‘z hududida yangi ish o‘rinlari yaratishga rag‘batlantirish hamda xatlov jarayonida aniqlangan ushbu binolarni ta’mirlab, zamonaviy ko‘rinishga keltirish maqsadida ularning ro‘yxati shakllantirildi va tadbirkorlarga taklif etilmoqda.

Quyidagi ro‘yxat bilan tanishing va o‘zingizga mos manzildagi binoni tanlang. So‘ngra tuman hokimligida tashkil etilgan ishchi guruhga murojaat qilib, ishchi kuchi yetarli bo‘lgan qishloq hududida o‘z biznesingizni yo‘lga qo‘ying yoki yanada kengaytiring.
Mazkur tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad — bo‘sh turgan binolardan samarali foydalanish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish hamda fuqarolar daromadini oshirishdan iborat.
