Bag'dodlik 3 nafar yoshlar g'olib bo'ldi
2026-06-19 16:00:00 / Yangiliklar
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning shashka turi bo‘yicha Farg'ona viloyati bosqichi bo'lib o'tdi.
📶Mazkur musobaqalarda viloyatning barcha shahar va tumanlaridan tashrif buyurgan ishtirokchilar o‘zlarining intellektual salohiyati, mahorati hamda bellashuvlarga bo‘lgan tayyorgarligini namoyon etdilar.

🏆 Musobaqa yakunlariga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi. Quvonarlisi g'oliblar orasida Bag'dodlik 3 nafar yoshlar ham bor. Tumandoshlarimizni Respublika bosqichiga yo'llanma olganligi bilan tabriklaymiz va navbatdagi ishtiroklariga zafarlar tilab qolamiz.
1. 22-26 yosh toifasi (qizlar) - Usmonova Dilorom Ikromali qizi, Do'stlik MFY 🥈-o'rin
2. 27-30 yosh toifasi (qizlar) - Jo'rayeva Muhlisa Hursanali qizi, Bedarak MFY 🥇-o'rin
3. 27-30 yosh toifasi (o'smirlar) - Xolmatov O'ktamjn Xatamjon o'g'li, Do'stlik MFY 🥇-o'rin
#Yoshlar_ishlari_agentligi
Bag'dod tumani hokimligi
Axborot xizmati ✅





