Xalqaro_hamkorlik | Bag‘dod tumanida xitoylik investorlar bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
2026-06-11 14:10:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda kompaniya investorlaridan Lin Minsyan, Fu Yuy, Chen Syaou va Yan Suychju ishtirok etib, o‘zaro manfaatli investitsiyaviy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Muloqot davomida ikki bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan investitsiya loyihalari muhokama qilindi. Dastlabki bosqichda temir mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda eksportga yo‘naltirish, ikkinchi bosqichda esa ushbu mahsulotlarni chuqur qayta ishlash va qo‘shimcha qiymat yaratishga qaratilgan ishlab chiqarish quvvatlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilayotgani ta’kidlandi.
Xitoylik investorlar tomonidan mazkur yo‘nalishlarda bir qator amaliy taklif va tashabbuslar ilgari surilib, kelgusidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikrlar bildirildi.
Shuningdek, delegatsiyaga Bag‘dod tumanidagi Kichik sanoat zonasi hududlari tanishtirilib, yangi investitsiya loyihalarini joylashtirish, ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish hamda eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha takliflar berildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va hudud sanoat salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan loyihalarni birgalikda amalga oshirish yuzasidan kelishib oldilar.
Bag'dod tumani hokimligi
Axborot xizmati ✅






