“Neftchi”ga sadoqat: bag‘dodlik muxlislar uchrashuvi va ilhomli she’r
2026-05-06 15:10:00 / Yangiliklar

“Neftchi”ga sadoqat: bag‘dodlik muxlislar uchrashuvi va ilhomli she’r
Ma’lumki, “Neftchi” futbol klubi Superliga bahslarida 2025-yil mavsumi chempioni hamda Superkubok sohibi sifatida munosib ishtirok etmoqda. Futbolchilarni ma’naviy qo‘llab-quvvatlashda fan-klub a’zolarining o‘rni ham katta. Millionlar o‘yini bo‘lgan futbolga doimo sadoqatli muxlislar ko‘p bo‘lgan.
Bag‘dodlik muxlislardan tashkil topgan fan-klub a’zolari Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov bilan uchrashib, esdalik uchun suratga tushdilar.
✨Albatta, muxlislar sevimli jamoasining yutuqlaridan ilhomlanib, she’r ham bitishgan. Quyida ushbu ijod mahsulini ham o‘qishingiz mumkin:
🫥 "NEFTCHI"
Asrni titratgan onlar tirilg‘ay,
Beklar tirilgaydur, xonlar tirilgay.
Dunyoni tebratgan shamolday uchqur,
Chaqmoqday dovruqli shonlar tirilgay!
Tog‘larim, qo‘rg‘onlarim!
Yo‘lbarsu arslonlarim!
Davru davron sizniki,
Olga bos, o‘g‘lonlarim!
Orimiz — qalqonimiz!
Chinordayin shonimiz!
G‘alabalar yo‘lida
Yengilmas karvonimiz!
Olov yuraklar yonar,
Afsonalar uyg‘onar.
Yashil maydonlar aro
Dovul misol to‘lg’onar.
Buyuk, navqiron shahrim!
Yurtim — vodiy gavharim!
Orzular osmonida
"Neftchi" — g‘ururim, faxrim!
Farg‘onam! Farg‘onam!
Farg‘onam! Yagonam!
She’r muallifi: Bahrom Ziyo
G‘oya muallifi: Davlat Karim
