RASMIY MUNOSABAT
2026-04-30 14:25:00 / Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Bag‘dod tumani dehqon bozori yaqinidagi avtoturargoh hududi savdo shohobchasiga aylantirilayotgani yuzasidan bildirilgan tanqidiy holat o‘rganib chiqildi.
Ma’lum qilinishicha, Bag‘dod tumani hokimining 2012 yil 30 iyuldagi 428-sonli qaroriga asosan “Dexqon bozori” MCHJ hududida joylashgan 26 ta turg‘un savdo shohobchalariga egalik huquqi tiklangan hamda ular egallagan yer maydonlari uchun ijara to‘lovlari belgilangan.
Shuningdek, tadbirkorlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida 2026 yil yanvar–fevral oylarida bozor hududining old qismida yengil konstruksiyali ayvon qurilib, 60 nafarga yaqin tadbirkor savdo o‘rinlari bilan ta’minlangan.
Murojaatda qayd etilgan darvozalar yopib qo‘yilgani holati o‘z tasdig‘ini topmadi. Bozor hududiga kirishdagi barcha darvozalar doimiy ochiq holatda faoliyat yuritmoqda.
Hozirda murojaatchilar bilan muloqotlar olib borilib, mavjud masalalarni bartaraf etish hamda qo‘shimcha qulayliklar yaratish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.
