Is gazidan ogohlikka chaqirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmas topshiriq berildi
2026-02-19 12:00:00 / Yangiliklar

Beshariq tumanida aholi xavfsizligini ta’minlash, is gazi bilan bog‘liq noxush holatlarning oldini olish maqsadida tuman hokimi Rasuljon Jo‘rayev hamda tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i ishtirokida saf yig‘ilishi o‘tkazildi.
Mazkur jarayonda tumandagi sohaga oid tashkilotlarning mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.
Tuman hokimi tomonidan ishtirokchilarga is gazining kelib chiqish sabablari, uning salbiy oqibatlari, is gazi bilan bog‘liq holatlarni oldini olish, fuqarolarni ogohlantirish, ular o‘rtasida targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish, isitish uskunalaridan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berib borishlari xususida ko‘rsatmalar berildi.
Aholi salomatligi va xavfsizligi – eng ustuvor vazifa.



