Bektemir tumani IIO FMB boshlig‘i v.v.b. podpolkovnik U.S.Agzamxodjayevning tuman fuqarolariga MUROJAATI
2025-08-22 13:55:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Joriy yilning 7 oyida tumanimiz hududida 54marotaba ommaviy-madaniy, ijtimoiy-siyosiy va sporttadbirlari o‘tkazilib, mazkur tadbirlarda 6 mingdanortiq fuqarolarning xavfsizligi ta’minlandi. Bujarayonlarda jamoat tartibini saqlash va fuqarolarxavfsizligini ta’minlashda Bektemir tumani ichki ishlarorganlari xodimlari o‘zlarining munosib hissalariniqo‘shdilar.
Muhtaram tuman fuqarolari!
Sizlarni xabardor etish maqsadida joriy yil 7 oyidatuman hududida jinoyatchilik holati bo‘yicha qisqachama’lumot bermoqchiman.
Jumladan:
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilanhamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlarinatijasida 501 ta jinoyat fosh etildi;
- 5080 nafar huquqbuzar shaxslar aniqlandi;
- 61 nafar shaxslar Reabilitatsiya markazigajoylashtirildi;
Jinoyat sodir etishga moyil 242 nafar shaxsprofilaktik hisobga, 16 nafar ilgari sudlanganlar esama’muriy nazoratga olindi;
- 5 nafar ruhiy kasal, giyohvand yoki spirtliichimlikka ruju qo‘ygan fuqarolar majburiydavolanishga jo‘natildi;
- 69 nafar tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanganxotin-qizlarga “Himoya order”lari berildi;
- 376 ta sovuq qurol olib yurish holati bo‘yichama’muriy choralar ko‘rildi;
- 1342 nafar shaxsga nisbatan mahalla yettiligixulosalari asosida jinoyatchilikka moyillik yokijabrlanish xavfi bo‘yicha ishlar amalga oshirildi.
Olib borilgan chora-tadbirlar natijasida tumandaoldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar -8,9% gakamaydi.
Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladiganjinoyatlar, buni sodda qilib aytganimizda kiberjinoyatlar deymiz.
Bu turdagi jinoyatlar zamon va makon tanlamasligiva masofadan, boshqa davlatlardan turib sodir etilishisababli ish faoliyatimizda bir muncha qiyinchiliklartug‘dirmoqda.
Joriy yilda bu yo‘nalishda jami 275 ta sodir etilganjinoyatlar qayd etilib, asosan kiber o‘g‘irilik (96 ta) vakiber firibgarlik
(179 ta) hisoblanadi.
Giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniymuomalasi bilan bog‘liq jinoyatlar.
Biz ichki ishlar organlari xodimlari tuman hududidaboshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillaribilan hamkorlikda bu illatga qarshi kurashishda, avvalambor yoshlar orasida keng tarqalishini oldiniolishda tegishli tadbirlarni amalga oshirmoqdamiz.
Misol sifatida aytadigan bo‘lsam, tumandajoylashgan “Sharq” YPX maskani orqali poytaxtimizgakirib kelayotgan transport vositalari va ulardayo‘lovchi sifatida kelayotgan shaxslar tomonidangiyohvand moddalari olib kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olinmoqda.
Respublika bo‘ylab "Xavfsiz va sog‘lom yurt" tadbiri o‘tkazilmoqda.
Shunga o‘xshagan tadbirlar davomida, ko‘plabholatlarni aniqladik, lekin, bu yo‘nalishga yanadajiddiy e’tibor berishimiz lozim bo‘ladi.
Hurmatli yurtdoshlar!
Bugungi kunda jamiyatimizda tinchlik vaosoyishtalikni saqlash, huquqbuzarliklarning oldiniolish, jinoyatchilikka qarshi kurashish – barchamizningumumiy burchimizdir.
Jinoyatlarning oldini olishda har bir fuqaroo‘zining faol fuqarolik pozitsiyasini namoyon etishi, shubhali holatlar, jamoat tartibini buzuvchi xatti-harakatlar to‘g‘risida tegishli huquq-tartibotorganlariga xabar berishi muhim ahamiyatga ega.
Bunda quyidagi masalalarga alohida e’tiborqarating:
1. Oilalarda tarbiya masalasi – farzandlarimiznihalollik, vatanparvarlik va qonunga itoat qilish ruhidatarbiyalash, yoshlar o‘rtasida axloqiy targ‘ibot ishlarinikuchaytirish zarur.
2. Qonunlarga rioya etish – har qandayhuquqbuzarlik, hatto eng kichik ko‘rinishi ham jiddiyoqibatlarga olib kelishi mumkinligini unutmang.
3. Ko‘zguruhlik (qo‘shnichilik) nazorati – o‘zingizyashab turgan mahalladagi tartibga e’tiborli bo‘ling, qo‘shnilaringiz bilan hamkorlikda osoyishtaliknita’minlashda ishtirok eting.
4. Yoshlarni manfaatli faoliyatga jalb etish – ularnisport, madaniyat va ta’lim sohalariga yo‘naltirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun shart-sharoit yaratish lozim.
Hurmatli fuqarolar!
Jinoyatchilik – nafaqat bir shaxsga, balki butunjamiyatga tahdid soluvchi illatdir. Uni oldini olishdabarchamiz birlashsak, hamjihatlik va hushyorlik bilanharakat qilsak, kelajagimiz yanada tinch va farovonbo‘ladi.
Bizning asosiy maqsadimiz – xavfsiz, qonunbuzarlikdan xoli jamiyatni barpo etishdir!
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar Sizlarningxavfsizligingiz uchun xizmatda!
