Oilalar mustahkamligi – jamiyat barqarorligi asosidir
2025-06-25 14:10:00 / Yangiliklar
Oilalar mustahkamligi – jamiyat barqarorligi asosidir

Bugun Bektemir tumani hokimligida tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi huzuridagi Oilalarni mustahkamlash bo‘yicha komissiya tomonidan ajrim yoqasida turgan oilalar bilan navbatdagi suhbat tashkil etildi.
Suhbat davomida oilaviy nizolarning sabablari, ularni bartaraf etish yo‘llari, farzandlar tarbiyasi va oilaviy muhitni sog‘lomlashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati G.Agzamova, komissiya a’zolari, jamoatchilik faollari hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida har bir oila vakillari bilan individual muloqotlar olib borilib, muammolarni joyida hal etishga qaratilgan amaliy tavsiyalar berildi.





