Kichik sanoat zonasida press-tur tashkil etildi
2025-06-20 11:00:00 / Yangiliklar
Kichik sanoat zonasida press-tur tashkil etildi

Kuni kecha Bektemir tumani hududida faoliyat yuritayotgan Kichik sanoat zonasida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur tashkil etildi.Press-tur davomida ishtirokchilarga Kichik sanoat zonasining faoliyati, ishlab chiqarish quvvatlari, erishilayotgan yutuqlar, yaratilgan ish o‘rinlari va kelgusi rejalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, tadbir qatnashchilari sanoat hududida faoliyat yuritayotgan korxonalar ish jarayoni bilan bevosita tanishib, tadbirkorlar bilan suhbatlashdi.Ushbu press-tur axborot maydonida tuman sanoati rivojiga oid ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, keng jamoatchilikni olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirishga xizmat qildi.








