Bektemir tumanida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
2025-06-12 13:55:00 / Yangiliklar
Bektemir tumanida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi

Bugun Bektemir tumani hokimligida Toshkent shahar prokurori E.Yuldashev ishtirokida fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Mazkur qabulda tumanda yashovchi fuqarolar o‘zlarining muammolari, taklif va murojaatlari bilan bevosita mutasaddilarga murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tkazilib, ko‘tarilgan masalalarning aksariyatiga joyida huquqiy va amaliy yechimlar topildi.
Ayrim murojaatlar esa nazoratga olinib, qonunchilik doirasida belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi belgilandi.
Sayyor qabul fuqarolar murojaatlariga e’tiborli yondashish, ularning muammolarini hal etish hamda davlat organlari va aholining o‘zaro muloqotini mustahkamlashga xizmat qildi.





