Bektemir tumanida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
2026-05-16 17:40:00 / Yangiliklar

Bugun Bektemir tumani hokimligida fuqarolar murojaatlarini tinglash va ularning muammolarini hal etishga qaratilgan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy, bandlik, kommunal xizmatlar, ijtimoiy yordam, infratuzilma hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat tegishli soha mutasaddilari ishtirokida atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, ayrim murojaatlar joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar mas’ul tashkilotlarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.






