Sun’iy intellekt va startap loyihalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
2026-05-08 15:30:00 / Yangiliklar

Bektemir tumanidagi 358-umumta'lim maktabida zamonaviy texnologiyalar va innovatsion g‘oyalarni targ‘ib etishga qaratilgan seminar tashkil etildi.
Seminarni tuman hokimining maslahatchisi E. Isayev, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi vakili B. Kenjayev hamda soha mutaxassislari olib bordi.
Unda tumandagi maktab direktorlari, informatika fani o‘qituvchilari va o‘quvchilarga “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” xalqaro loyihasi hamda startaplar uchun keng imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Amaliy mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, innovatsion loyihalar ishlab chiqish va startap tashabbuslarini shakllantirish bo‘yicha yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati








