Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti – har bir mahalla va xonadondan boshlanadi
2026-01-13 18:00:00 / Yangiliklar

Bektemir tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini o‘rganish hamda ijrosini ta’minlashga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Bektemir tumani hokimi N.Abduraxmanov raisligida o‘tgan yig‘ilishda , mahalla yettiligi, apparat xodimlari va soha mutaxassislari ishtirok etdi. Tadbirda Murojaatnomada belgilangan ustuvor vazifalarni tumanda izchil amalga oshirish, islohotlar mazmunini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish va har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq amaliy choralarni belgilash masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilishda ijtimoiy himoyani kuchaytirish, ta’lim sifatini oshirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda mahallabay ishlash tizimini yanada takomillashtirishga alohida e’tibor qaratildi.





