2026 yil uchun samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI)ni ishlab chiqish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan
2025-12-10 14:15:00 / Yangiliklar

I. Iqtisodiy o‘qishlar bo‘yicha:
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri maslahatchisining 2025 yil 27 oktabrdagi 07-15-18-sonli topshiriq xatiga asosan Toshkent shahar va tuman hokimlari o‘rinbosarlarining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) bajarilishi bo‘yicha o‘tkaziladigan iqtisodiy o‘qishlarning reja-grafiki ishlab chiqilib, tasdiqlangan.
Reja-grafikka asosan barcha tumanlarda, ya’ni Bektemir, M.Ulug‘bek, Mirobod, Olmazor, Chilonzor, Shayxontohur, Yunusobod, Yakkasaroy, Yangihayot va Yashnobod tumanlarida III chorak yakunlari hamda IV chorakdagi eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) bajarilishi yuzasidan iqtisodiy o‘qishlar tashkil qilindi.
