FUQAROLAR MUROJAATLARI BELGILANGAN TARTIBDA KÖRIB ÇIQILMOQDA
2026-11-13 18:30:00 / Yangiliklar
Bugun Bekobod şahar Xalq qabulxonasida şahar hokimligi va masʼul taşkilotlar rahbarlari iştirokida fuqarolarning navbatdagi qabuli ötkazildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan bandlik, ijtimoiy himoya, uy-joy, kommunal xizmatlar, kadastr va boşqa masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat masʼullar iştirokida atrofliça körib çiqilib, muammolarni hal etiş yuzasidan tegişli çoralar belgilandi. Ayrim masalalar yuzasidan joyida tuşuntirişlar berilgan bölsa, qöşimça örganiş talab etiladigan murojaatlar masʼul taşkilotlar nazoratiga olindi.
Şahar hokimligi fuqarolar murojaatlarini öz vaqtida va qonuniy tartibda körib çiqiş, aholini qiynayotgan muammolarga amaliy yeçim topiş borasidagi işlarni izçil davom ettiradi.









