BIRGALIKDA O‘RGANAMIZ, BIRGALIKDA YUKSALAMIZ!
2026-09-11 14:30:00 / Yangiliklar
Bugun Bekobod shahrida Toshkent viloyati hududiy “Kelajak” markazi tomonidan viloyatdagi barcha 22 ta tuman va shahar “Kelajak” markazlari direktorlari, direktor o‘rinbosarlari hamda xodimlari ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etildi.

📚 «Birgalikda o‘rganamiz, birgalikda yuksalamiz» shiori ostida o‘tkazilgan seminarning asosiy maqsadi — markazlar faoliyatini yana-da takomillashtirish, xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, tajriba almashish hamda yangi o‘quv yili oldidan dolzarb vazifalarni belgilab olishdan iborat.
🔵 Seminarni Toshkent viloyati hududiy “Kelajak” markazi direktori E.T. Mirzayev ochib berdi. O‘z nutqida markazlar faoliyatida hamjihatlik, tajriba almashish va zamonaviy yondashuvlardan samarali foydalanish muhimligini taʼkidladi.
🔴 Birgalikda o‘rganamiz — birgalikda yuksalamiz!









