Bekobod shahar hokimligida yangi tayinlov
2026-10-19 16:00:00 / Yangiliklar

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqilib, Ismailova Dildara Saitkulovna Bekobod shahar hokimining o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlangani maʼlum qilindi.
Tadbirda shaharda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini taʼminlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash hamda mavjud muammolarni manzilli hal etish bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarga ham to‘xtalib o‘tildi.
Yangi lavozimga tayinlangan Dildara Ismailova ko‘p yillik mehnat faoliyati davomida taʼlim, mahalla tizimi, oila va xotin-qizlar masalalari, ijtimoiy himoya yo‘nalishlarida ishlagan. Ushbu tajriba xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, bandligini taʼminlash hamda oilalardagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, hal etish borasidagi vazifalarni samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yana-da takomillashtirish va aholi murojaatlari bilan manzilli ishlash muhim ustuvor vazifalardan biri ekani taʼkidlandi.




