Bekobod shahrida ichimlik suvi taʼminoti belgilangan muddatdan oldin tiklandi
2026-09-09 18:00:00 / Yangiliklar
Bekobod shahrida taʼmirlash ishlari sababli vaqtincha to‘xtatilgan ichimlik suvi taʼminoti belgilangan vaqtdan oldin qayta tiklandi.

Taʼmirlash ishlari jadal tashkil etilgani va soha xodimlarining tezkor harakatlari natijasida suv taʼminotini 10 sentyabr soat 20:00 gacha tiklash rejasiga qaramay, ishlar muddatidan oldin yakunlandi. Natijada aholi xonadonlariga ichimlik suvi yetkazib berish qayta yo‘lga qo‘yildi.
Tungi vaqtga qaramay, suv taʼminoti korxonasi xodimlari taʼmirlash ishlarini tezkorlik bilan amalga oshirib, suv taʼminotini qisqa muddatda tiklash uchun mehnat qildi.
Aholini uzluksiz ichimlik suvi bilan taʼminlash, yuzaga kelgan muammolarni tezkor bartaraf etish va kommunal xizmatlar sifatini oshirishda soha xodimlarining mehnati muhim ahamiyatga ega.
