Debitor qarzdorlikni qisqartirish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda
2026-08-20 12:20:00 / Yangiliklar

Bekobod shahar “INVEST-TA’MIR 077” BSK tomonidan shahar prokurorining topshirig‘iga asosan debitor qarzdorlikni qisqartirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-581-sonli Qonuni 16-moddasi talablariga muvofiq, ko‘p kvartirali uylarda umumiy mol-mulkni saqlash, undan foydalanish va ta’mirlash, shuningdek, uyga tutash hududni obodonlashtirish xarajatlarini qoplash uchun belgilangan majburiy badallarni undirish yuzasidan xonadonlarga chiqib, mulkdorlarga tushuntirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, qarzdorlik miqdori yuqori bo‘lgan Bobur MFY, 13-daha, 51 va 52-sonli ko‘p kvartirali uylarda xonadonma-xonadon yurilib, mavjud qarzdorliklarni bartaraf etish hamda majburiy badallarni o‘z vaqtida to‘lash bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Maqsad — debitor qarzdorlikni bosqichma-bosqich kamaytirish, ko‘p kvartirali uylarning umumiy mol-mulkini saqlash, obodonlashtirish va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash.
Bu boradagi ishlar izchil va tizimli ravishda davom ettiriladi







