🇺🇿 MEHR VA E’TIBOR — INSON QALBIGA QUVONCH ULASHADI
2026-08-20 11:05:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 12-avgust kuni Bekobod shahrining “Hamid Olimjon” mahallasida shahar hokimi N.Ismailovning fuqarolar qabuli o‘tkazilgan edi.
Qabul davomida 6 nafar farzandni tarbiyalayotgan ona o‘zining imkoniyati cheklangan qizalog‘i uchun kompyuter xarid qilishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan edi.
Mazkur murojaat shunchaki qayd etilib qolmadi. Aksincha, fuqarolarning har bir murojaatiga e’tibor va amaliy yondashuv bilan qarash — ustuvor vazifalardan biri ekanligi yana bir bor o‘z isbotini topdi.
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida shahar hokimining topshirig‘iga asosan, homiylar ko‘magida murojaat ijobiy hal etildi.
Bugun mas’ullar tomonidan xonadonga borilib, murojaatda so‘ralgan zamonaviy kompyuter jihozi bevosita qizaloqning o‘ziga tantanali ravishda topshirildi.
Bu — oddiygina kompyuter emas. Bu qizaloq uchun yangi bilimlar, yangi imkoniyatlar va yorqin kelajak sari yana bir qadamdir. 💻✨
🤲 Yurtimizda inson qadri ulug‘, mehr va e’tibor esa ezgu ishlarning bosh mezoni bo‘lib qolaversin!
Inson qadri — oliy qadriyat! 🇺🇿



