🏭 ISHLAB CHIQARISH RIVOJI — INVESTORLARGA AMALIY KO‘MAK
2026-08-20 11:30:00 / Yangiliklar

Bekobod shahar hokimi N. Ismailov Navro‘z mahallasi hududida faoliyat yuritayotgan “Bekobod FRP Pipe Products” MChJ korxonasida bo‘lib, korxonaning ishlab chiqarish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida PVX asosida qurilish materiallari ishlab chiqarish jarayoni, korxonaning mavjud imkoniyatlari va ishlab chiqarish quvvatlarini yanada oshirish istiqbollari o‘rganildi.
🤝 Shuningdek, investor bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, korxona faoliyatini rivojlantirish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar va tadbirkorni qiynayotgan masalalar batafsil muhokama qilindi.
📌 Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, ishlab chiqarishni kengaytirish va investor uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.
🇺🇿 Yangi ishlab chiqarish — yangi imkoniyatlar, yangi ish o‘rinlari va Bekobod iqtisodiy salohiyatining yanada yuksalishidir!






