🌿 ANKLAV HUDUDIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
2026-08-17 11:15:00 / Yangiliklar

📍 Joriy yilning 17 avgust kuni Bekobod shahar hokimligi tashabbusi bilan shaharning anklav hududida joylashgan “Bunyodkor” va “Jomiy” MFYlarida obodonlashtirish va hashar ishlari tashkil etildi.
🇺🇿 Tadbir “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” hamda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligini munosib kutvolish maqsadida amalga oshirildi.
Hasharda mahalla yettiligi a’zolari, mahalla faollari va fuqarolar faol ishtirok etdilar. Hududlar va aholi xonadonlari atrofi turli chiqindilardan tozalandi, begona o‘tlar o‘rildi, daraxt va butalar parvarish qilindi hamda sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan zarur ishlar bajarildi.
✨ Zero, obod va ozoda mahalla — aholi uchun qulay, fayzli va farovon hayot muhitini yaratishning muhim omilidir!






