“Mustaqillik to‘yi” — istiqlol shodiyonasi
2026-08-15 19:35:00 / Yangiliklar

🎉 Bekobod shahridagi “Bobur”, “Shirin” va “Farg‘ona” mahalla fuqarolar yig‘inlari hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlash maqsadida “Mustaqillik to‘yi” bayram tadbiri tashkil etildi.
🎶 Bayram dasturidan o‘rin olgan musiqiy chiqishlar, dilbar kuy-qo‘shiqlar va raqslar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Bekobod shahar Madaniyat bo‘limi ijodkorlari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlarida yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik, Vatan ravnaqi hamda mustaqillikning bebaho ne’matlari tarannum etildi.
🇺🇿 Ayniqsa, tadbirda mahalla aholisi, xususan, yoshlarning faol ishtiroki bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Bunday tadbirlar yosh avlodning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularda Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat va yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
✨ Mustaqilligimiz — faxrimiz, tinchligimiz — bebaho ne’matimiz!



