Bekobod shahar adliya bo‘limi boshlig‘i tomonidan hududidagi tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
2026-08-15 09:35:00 / Yangiliklar

Uchrashuvlar davomida tadbirkorlarga qonunchilikda belgilangan bir qator imtiyozlar jumladan, ayrim sohalardagi korxonalar uchun past soliq stavkalari yoki muayyan soliq turlaridan ozod qilishlar mavjudligi, ijtimoiy xizmatlar, hunarmandchilik va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlariga maxsus preferensiyalar berilishi, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay foizli va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki orqali tartibga solinadigan imtiyozli kreditlar ajratilishi, “Yoshlar daftari” yoki “Ayollar daftari”ga kirilgan fuqarolarga biznes boshlashi uchun asbob-uskuna va mehnat qurollari xarid qilishga subsidiyalar berilishi shuningdek moliyaviy hisobotlarni topshirish va litsenziya olish jarayonlari soddalashtirilganligi hamda raqamlashtirilganligi yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Shuningdek uchrashuv davomida “BEK-WINT” MChJga Davlat xizmatlari markaziga kelmay new.birdarcha.uz elektron platformasi orqali onlayn foydalanishga amaliy yordam ko‘rsatildi.


