Yoshlar va harbiylar — Vatan himoyasi yo‘lida bir maqsad sari
2026-08-14 13:40:00 / Yangiliklar

Bekobod shahridagi 9226-harbiy qismda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
Tadbirda Bekobod shahar hokimi N.Ismailov, shahar prokurori v.v.b. Sh.Bo‘riboyev, shahar IIB boshlig‘i F.Ismoilov, 9226-harbiy qism komandiri O.Barakayev, yosh askarlar hamda 1-sonli texnikum o‘quvchilari ishtirok etdi.
🇺🇿 Tadbir avvalida shahar hokimi N. Ismailov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni kirib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi.
🤝 Shundan so‘ng yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning qiziqishlari, taklif va fikrlari tinglandi.
Savol-javoblar davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan rahbarlarga bevosita murojaat qilish imkoniga ega bo‘ldilar.
🎖️ “Ochiq eshiklar kuni” davomida texnikum o‘quvchilari harbiy qismdagi shart-sharoitlar, harbiy xizmatchilarning kundalik faoliyati bilan yaqindan tanishib, Vatan himoyasidek sharafli va mas’uliyatli kasb haqida qimmatli taassurotlarga ega bo‘ldilar.
🌟 Yoshlar — yurt kelajagi. Ularning Vatanga sadoqatli, bilimli va faol bo‘lib voyaga yetishi esa barchamizning ezgu maqsadimizdir!



