Mahalla hududini o‘rganish: muammolar — joyida hal etilmoqda
2026-08-14 10:40:00 / Yangiliklar

📍 Bugun Bekobod shahar hokimi N. Ismailov “Bobur” mahallasi hududida bo‘lib, mahallani piyoda kezib, hududdagi mavjud holatni yaqindan o‘rgandi.
🤝 Tashrif davomida hokim mahalla ahli bilan samimiy suhbatlashib, fuqarolarni qiynayotgan muammo va takliflarni tingladi. Bildirilgan murojaatlarning ayrimlari yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlari voqea joyiga chaqirilib, masalalarni joyida ijobiy hal etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
📌 Shuningdek, yechimi vaqt va qo‘shimcha choralarni talab qiladigan masalalar mas’ullar zimmasiga yuklatilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
🔹 Fuqarolar murojaatiga befarq bo‘lmaslik, muammolarni joyiga chiqib o‘rganish va amaliy yechim topish — asosiy vazifalardan biridir.


